Juma
19.04.2024
05:49

Xush Kelibsiz, Mexmon| RSSГлавная| | Регистрация | Вход
Menyu
Soat
SmS



Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Do'stlar..!
Tavsiya etamiz...!

Главная » 2011 » May » 19 » JANNAT ONALAR OYOG'I OSTIDA
14:32
JANNAT ONALAR OYOG'I OSTIDA
Onalar haqida!!!

ONA (monolog) albatta o'qing
Siz bu qo`shiqni eshitgansiz. Lekin bus safar ushbu qo`shiq Shahriniso onamizga bag`ishlab aytilayapti. Ilohim joylari jannatda, ruhlari shod, oxiratlari obod bo`lsin.
Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to `ozlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar.
Ilohim o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarini umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin.
Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatni ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandni oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz.
Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: "Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilab qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: "Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)” Dunyoni yolg`onligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor-yo`g`I besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni esdaligimni nima keragi bor? "Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”
Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`i bir og`izgina so`z aytadilar: "Bolam, keldingmi?” Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. "Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlasayz bo`miydimi”, - deymiz.
Ey, azizlar, o`sha onaizor manguga uxlab qolganlaridan keyin ona yotgan o`sha g`aribgina kulbaning g`aribgina derazasi tagidan ming marta u yoqqa o`ting, ming marta bu yoqqa o`ting, tunda o`ting, tongda o`ting, o`sha nido eshitilmas ekan: "Bolam, keldingmi?”
Hovlimizni to`ldirib to`ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizni ayamay to`kib solamiz. Lekin ikkala ko`zimiz, ikkala qulog`imiz, vujudimiz, borlig`imiz o`sha derazaga tikilgan bo`ladi. O`sha tanish chehra ko`rinarmikin, o`sh nido qayta eshitilarmikin?: "Bolam, keldingmi?”
Taqdirni taqazosi bilan yillar o`tib, yana o`sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk darvoza oldida to`xtab qolamiz. Sababi esa oddiygina. O`sha topganimizni qo`liga qo`shqo`llab topshirganimiz farzandlarimiz ha,. Jonimizda ortiq ko`rgan sevgan yorlarimiz ham bizni yarim tunga qadar, tongga qadar kutib o`tirishga toqatlari yetmay, uxlab qolar ekan. Ana o`shanda qalbimiz uyg`onib qoladi, ana o`shanda vijdonimiz uyg`onib qoladi. Ana o`shanda qo`llari qadoq mehribonimizni sog`inib-sog`inib ketamiz…
Ko`zimda yosh, qalbimda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon.
Ona, uzoq kutdirmayman ,kut
Mashhargacha hayr onajon.
Azobimga yelkangni tutding,
Dardlaringga topmadim imkon.
Meni o`ylab o`zni unutding,
Mashhargacha hayr, onajon.
Sen yo`q qaro bo`ldi osmonim,
Ko`nglim vayron , yuragim vayron.
Ko`ksimdagi buyuk armonim,
Mashhargacha hayr onajon.
ONAJONIM KELMADINGIZ
Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko`nglim to`ldirar,
G`animim kunda o`ldirar,
Onajonim kelmadingiz.
To`y bo`ldi dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog`inib yig`lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz.
Topolmadim sixdek sirdosh,
Dunyo ekan ko`p bag`ritosh,
Diydortalab ko`zimda yosh,
Onajonim kelmadingiz.
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.
Qabringizga boshin qo`yib,
Tohir yig`lar bag`rin o`yib,
Bir erkalay desam suyib,
Onajonim kelmadingiz




Adabiyot bo'limida muhabbat haqida, hazil mutoyiba, vatan haqida she'rlar qo'yilib borilibti. Bular ham o'z o'rnida kerakli mavzulardan.
InshaAlloh shu mavzu bo'yicha bizning dunyo yuzini ko'rishimizga sababchi bo'lgan va inshaAlloh Jannat ne'matlarini totishimizga sababchi kishilardan birlari bo'lmish ota-onalarimiz haqida go'zal satrlarni qo'yib borsak inshaAlloh.
Doyimiy an'anaga hos ravishda o'zim boshlab bersam. Davom ettirishsa alhmadulillah bo'lmasam Allohu Akbar.

Mendan o'tsa neki o'tdi, tinglangiz iqrorimni
Alloxga xamd yakka dedim ul parvardigorimni
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Neki yomonlik fe'limda, ko'cha ko'yga bir xavas
Dilozorlik keng xovlimga zinxor tegishli emas
Qay kun yo'lning bir chetidan olib o'tgandim bir xas
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Extimol men gox suxbatni g'iybatga burorim bor
Xar narsani nafsim ila tinglabon ko'rorim bor
Axvoli tang mendek g'arib sizdan bir so'rorim bor
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Yoshligimdan xar ko'ngilga xasadim yo'qdir sira
Sizda borin mening ko'nglim qilmaydi also xira
Taxajjudga turar vaqtda mening xaqqimdan ko'ra
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Allox xaqqi men ulardan olgandirman andoza
Asli ota-onamniki neki bor menda toza
Din axkomin yetkazdi deb elga qilmay ovoza
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Elning og'zin yopib bo'lmas, juda yaxshi bilaman
O'z axvolim ko'rib ba'zan yig'layman, gox kulaman
Men sizning xaqqingizga tinmay duo qilaman
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni










Категория: Yangiliklar | Просмотров: 15363 | Добавил: Dilnoz | Рейтинг: 2.7/6

Всего комментариев: 1

1 AnthonyTrema  
0
передача сайтов – это запросто!
Готовые тарифы
Что ни говори цены указаны повсечастно сайте – не надо ждать обсчета. Цена не меняется по вине конкуренции, количества ключевых слов вдобавок т.п. Кроме того, в каждый пакет впереди заложена скидка до 56% – потому что «оптом дешевле».

Без мук выбора
Вам не придется выбирать «простирание по трафику, позициям или ради лид». Работаем по западной модели ценообразования – оплата из-за конкретные работы. Результаты получаются одинаковые, а бешеные накрутки за гарантию отсутствуют.

Разовая оплата
Большинство наших тарифов, даже по продвижению сайтов, с разовой оплатой. Делаем трехмесячный пул работ вследствие 20 дней – обычно этого бывает польщенно, чтобы посредством 3 месяца сайт попал в ТОП.

https:///torgovaya.xyz/seo Обучение Seo

Имя *:
Email *:
Код *:
User info
Здравствуйте, Mexmon
Гость, мы рады вас видеть.
Kichik CHAT
Ohirgi Komentlar..
UQUBAT 2011 YA..
Привет всем!
<b>Купить Диплом Дв
UQUBAT 2011 YA..
Светодиодные светильники от производителя! Эк
UQUBAT 2011 YA..
Привет всем!
Диплом продолжает развива
UQUBAT 2011 YA..
Перехватим клиентов с сайтов конкурентов из и
UQUBAT 2011 YA..
Студия дизайна Милана воплотит Ваши самые сме
REKLAMA
Voydoda.ucoz.Com- Сердце развлекательных новостей !!!
Bizning so'rovimiz
Оцените мой сайт
Всего ответов: 50
Tezda...!
Röyhatdan öting
va Saytimizda faolikni boshlang!
займет не более 2 минут
Copyright by Aki_Janoblari Production © 2024